Сайт работает в тестовом режиме

Новости

Qatʼiy içki tartib, murosasizlik va yangi huquqiy mexanizmlar ifodasi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy hayotida juda katta aks-sado berdi. Sababi, uşbu Farmon butun sud tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşişga bölgan munosabatni mutlaqo özgartirib, quruq balandparvoz gaplardan aniq amaliy natijalarga ötilişining huquqiy mexanizmlarini, tizimni tubdan soğlomlaştirişga qaratilgan yangi konseptual ğoya va yönalişlarni belgilab berdi.

Mazkur Farmon sud tizimida korrupsiya hamda manfaatlar töqnaşuvining oldini olişga qaratilganligi barobarida özining mohiyat eʼtiboriga köra nihoyatda keng qamrovli maqsad va vazifalarni qamrab oladi.

Xususan, tizimda birinçi navbatda qatʼiy içki tartib va intizomni taʼminlaş, har qanday qonunbuzarliklarning oldini oliş, pirovard natijada samarali odil sudlov orqali eng muhim demokratik meʼzon – huquq ustuvorligiga erişiş singari strategik maqsadni közlaydi.