Sayt test rejimida işlamoqda

Raqamli hukumat

Ijtimoiy ahamiyatga doir maʼlumotlar eʼlon qiliş

3.15 Oçiqlik sohasini takomillaştiriş böyiça işlab çiqilgan takliflar töğrisidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinişi

2026 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGAŞI FAOLIYATIDA OÇIQLIKNI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA TAKLIFLAR

  1. Sudyalar oliy kengaşi faoliyatida oçiqlikni taʼminlaş, oçiq maʼlumotlarni şakllantiriş va belgilangan muddatlarda eʼlon qilişga masʼul bölgan xodimlar uçun oçiqlikni baholaş mezonlari talablarini töliq va sifatli bajarişga qaratilgan öquv-seminarlar taşkil etiş.
  2. Kengaş faoliyati töğrisida jamoatçilikning xabardorlik darajasini örganiş, Kengaşning ijobiy imijini mustahkamlaş hamda fuqarolarning sudyalar korpusini şakllantiriş jarayonlariga bölgan munosabatini tizimli tahlil qiliş maqsadida ijtimoiy sörovlar ötkaziş va ularning natijalari asosida tahliliy xulosalar tayyorlaş.
  3. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş, sudyalarni lavozimga tavsiya etiş, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini baholaş, sudyalar daxlsizligi hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilişi kabi Kengaş faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça alohida tarğibot va axborot roliklarini tayyorlaş hamda ularni Kengaşning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muntazam joylaştirib boriş.
  4. Sudyalar korpusini şakllantiriş, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va tayyorlaş, sudyalarning kasbiy malakasini oşiriş, ularning mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlaş yönalişlarida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan turkum axborot-tahliliy materiallar tayyorlaş hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriş.
  5. Sudyalar oliy kengaşi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalari va xalqaro axborot maydonida yoritişni kuçaytiriş, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, sudyalarni tanlaş va tayinlaş tizimini takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga oid bosma, foto, audio va videomateriallar tayyorlaş hamda muntazam eʼlon qilib boriş.
  6. Sudyalar oliy kengaşi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tasdiqlangan hujjatlar, Kengaş qarorlari va boşqa oçiq axborotlarni belgilangan tartibda rasmiy veb-saytga joylaştiriş, şuningdek, Kengaş faoliyatiga oid foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini muntazam yangilab boriş.
  7. Sudyalar oliy kengaşi faoliyatiga oid barça oçiq maʼlumotlarni qonunçilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda eʼlon qiliş, ularning dolzarbligi va işonçliligini taʼminlaş hamda muntazam yangilab boriş. Bunda davlat siri, xizmatda foydalaniş uçun möljallangan maʼlumotlar, şaxsga doir maʼlumotlar va qonunçilikka muvofiq oşkor etilişi çeklangan boşqa axborotlar bundan mustasno hisoblanadi.

2025 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGAŞI FAOLIYATIDA OÇIQLIKNI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA TAKLIFLAR

  1. Kengaşning korrupsiyaga qarşi içki nazorat uçun masʼul tarkibiy tuzilmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarini örganiş, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bölişi mumkin bölgan faoliyat yönalişlari, jarayonlar va lavozimlarni öz vaqtida aniqlaş maqsadida Kengaş xodimlari örtasida muntazam ravişda anonim sörovnomalar ötkaziş. Töplangan maʼlumotlar tahlili asosida qöşimça profilaktik çora-tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirilgan işlar natijasi töğrisidagi umumlaştirilgan hisobotni Kengaşning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriş.
  2. Sudyalik lavozimlariga eʼlon qilingan böş iş örinlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar, hujjatlarni topşiriş tartibi, tanlov bosqiçlari va ularning natijalari töğrisidagi oçiq maʼlumotlarni Kengaşning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida belgilangan tartibda muntazam eʼlon qilib boriş.
  3. Keng jamoatçilik vakillarining Sudyalar oliy kengaşi faoliyati haqidagi xabardorlik darajasini yanada oşiriş maqsadida Kengaşning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida rahbariyat va masʼul xodimlar iştirokidagi onlayn muloqotlar, savol-javoblar va jonli efirlarni muntazam taşkil etiş.
  4. Sud-huquq sohasini rivojlantiriş, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlaş, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida har oyda kamida bir marotaba Kengaşning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida infografik maʼlumotlarni joylaştirib boriş.
  5. Sudyalar oliy kengaşi faoliyatida xalqaro standartlar, ilğor xorijiy tajriba va sud hokimiyati mustaqilligini baholaş mezonlarini joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda erişilgan natijalar yuzasidan keng jamoatçilik uçun brifing taşkil etiş.

2024 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGAŞI FAOLIYATIDA OÇIQLIKNI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA TAKLIFLAR

  1. Sud-huquq sohasini rivojlantiriş, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, sudyalar korpusini şakllantiriş hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va tayyorlaş böyiça davlat dasturlari, farmonlar, qarorlar va boşqa hujjatlarda Sudyalar oliy kengaşi masʼul etib belgilangan topşiriqlar hamda ularning ijro holati töğrisidagi maʼlumotlarni har çorak yakuni böyiça Kengaşning rasmiy veb-saytiga joylaştirib boriş.

NAMUNA

Davlat dasturida Sudyalar oliy kengaşi masʼul etib belgilangan topşiriqlar ijro holati töğrisida

MAʼLUMOT T/r Çora-tadbirlar nomi Amalga oşiriş mexanizmi Bajariş muddati Masʼul ijroçilar Ijro holati (bugungi kunda)

123456
      

Izoh: davlat dasturlari va boşqa dasturiy hujjatlarda Sudyalar oliy kengaşi masʼul etib belgilangan topşiriqlar hamda ularning ijrosi töğrisidagi maʼlumotlar har çorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengaşning rasmiy veb-saytiga joylaştirib boriladi.

  1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5729-son Farmonidan kelib çiqib, Kengaş faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarga köproq duç kelişi mumkin bölgan faoliyat yönalişlari, funksiyalar va lavozimlarni aniqlaş, baholaş hamda ularni minimal darajaga tuşiriş böyiça tegişli çoralarni amalga oşiriş.

Bu borada Kengaş xodimlarini korrupsiyaga qarşi kuraşiş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va odob-axloq qoidalariga rioya etiş böyiça muntazam öqitiş, ularning uşbu yönalişdagi bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravişda taşkil etiş, şuningdek, profilaktik tadbirlarni muntazam ötkazib boriş zarur.

  1. Sudyalar oliy kengaşida oçiqlikni taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar haqida jamoatçilikni keng xabardor qiliş maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi «Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş va baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-154-son Farmoni ijrosi doirasida Kengaş tomonidan amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida har çorakda kamida bir marotaba brifing taşkil etiş.

Brifinglarda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş, sudyalarni lavozimga tavsiya etiş, sudyalar kasbiy faoliyatini baholaş, ularning mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlaş, sudyalar odob-axloq qoidalariga rioya etilişi hamda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş natijalari haqida oçiq axborot taqdim etiş tavsiya etiladi.

  1. Sudyalar oliy kengaşining boşqaruv va içki nazorat tizimini takomillaştiriş, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarini yaxşilaş, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bölişi mumkin bölgan faoliyat yönalişlari, jarayonlar va lavozimlarni öz vaqtida aniqlaş maqsadida Kengaş xodimlari örtasida muntazam anonim sörovnomalar ötkaziş hamda töplangan maʼlumotlar tahlili asosida qöşimça çora-tadbirlarni işlab çiqiş.

Anonim sörovnomalar natijalari böyiça umumlaştirilgan tahliliy maʼlumotlarni şaxsga doir va qonunçilikka muvofiq oşkor etilişi çeklangan maʼlumotlarni istisno qilgan holda Kengaşning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriş.