Sayt test rejimida işlamoqda

Matbuot xizmati

Veb-saytdan foydalaniş şartlari

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1.

Mazkur Veb-saytdan foydalaniş şartlari va Maxfiylik siyosati (bundan buyon matnda — Şartlar) Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining rasmiy veb-sayti — www.sudyalaroliykengashi.uz (bundan buyon matnda — Veb-sayt) orqali taqdim etiladigan axborot va xizmatlardan foydalaniş tartibini belgilaydi.

1.2.

Veb-sayt Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi (bundan buyon matnda — Kengaş) tomonidan boşqariladi va uning rasmiy axborot resursi hisoblanadi.

1.3.

Foydalanuvçi Veb-saytga kirişi, undagi ma’lumotlardan foydalanişi yoki elektron xizmatlardan foydalangan paytdan boşlab mazkur Şartlarni töliq qabul qilgan hisoblanadi.

1.4.

Agar foydalanuvçi mazkur Şartlarning biror qismiga rozi bölmasa, Veb-saytdan foydalanişni töxtatişi lozim.

1.5.

Kengaş amaldagi qonunçilikdagi özgarişlar, axborot texnologiyalarining rivojlanişi yoki faoliyat zaruratidan kelib çiqib mazkur Şartlarni bir tomonlama tartibda özgartiriş, töldiriş yoki yangi tahrirda qabul qiliş huquqiga ega.

1.6.

Şartlarning yangi tahriri Veb-saytda e’lon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi.

2. VEB-SAYTNING MAQSADI

2.1.

Veb-sayt quyidagi maqsadlarda faoliyat yuritadi:

  •  Kengaş faoliyati haqida oçiq va işonçli axborot taqdim etiş; 
  •  sud-huquq sohasidagi yangiliklar va rasmiy hujjatlarni e’lon qiliş; 
  •  fuqarolar va yuridik şaxslar bilan elektron muloqotni ta’minlaş; 
  •  qonunçilikda nazarda tutilgan interaktiv davlat xizmatlarini körsatiş; 
  •  sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va baholaş jarayonlari böyiça axborot beriş; 
  •  oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini ta’minlaş. 

2.2.

Veb-saytda joylaştirilgan ma’lumotlar rasmiy axborot manbai hisoblanadi, agar alohida tartibda boşqaça körsatilmagan bölsa.

3. INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI

3.1.

Veb-saytda joylaştirilgan barça materiallar, jumladan matnlar, grafik tasvirlar, dizayn elementlari, logotiplar, fotosuratlar, videomateriallar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari va boşqa axborot resurslari Kengaşning yoki qonuniy huquq egalarining intellektual mulki hisoblanadi.

3.2.

Mazkur materiallar Özbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va intellektual mulk töğrisidagi qonunçiligi bilan himoya qilinadi.

3.3.

Foydalanuvçi Veb-sayt materiallaridan şaxsiy, ilmiy, ma’rifiy va notijorat maqsadlarda foydalanişi mumkin.

3.4.

Kengaşning oldindan yozma roziligisiz Veb-sayt materiallarini:

  •  nusxalaş; 
  •  qayta işlaş; 
  •  tarqatiş; 
  •  tijorat maqsadlarida foydalaniş; 
  •  boşqa axborot resurslarida joylaştiriş 

taqiqlanadi, qonunçilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

4. FOYDALANUVÇINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1.

Foydalanuvçi quyidagi huquqlarga ega:

  •  Veb-saytda joylaştirilgan oçiq axborotdan foydalaniş; 
  •  elektron murojaatlar yuboriş; 
  •  qonunçilikda nazarda tutilgan xizmatlardan foydalaniş; 
  •  şaxsiy ma’lumotlarining himoya qilinişini talab qiliş. 

4.2.

Foydalanuvçi quyidagilarga majbur:

  •  amaldagi qonunçilik talablariga rioya qiliş; 
  •  yolğon yoki notöğri ma’lumotlarni kiritmaslik; 
  •  Veb-sayt faoliyatiga noqonuniy aralaşmaslik; 
  •  axborot xavfsizligiga tahdid tuğdiruvçi harakatlarni amalga oşirmaslik. 

4.3.

Quyidagi harakatlar taqiqlanadi:

  •  zararli dasturlarni joylaştiriş; 
  •  Veb-saytning normal işlaşiga tösqinlik qiliş; 
  •  ruxsatsiz kirişga uriniş; 
  •  ma’lumotlarni noqonuniy yiğiş yoki nusxalaş; 
  •  uçinçi şaxslarning huquqlarini buzuvçi harakatlarni sodir etiş. 

5. ŞAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA IŞLAŞ

5.1.

Kengaş foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini Özbekiston Respublikasining «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi Qonuni va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qayta işlaydi.

5.2.

Veb-sayt orqali quyidagi ma’lumotlar olinişi mumkin:

  •  familiya, ism va otasining ismi; 
  •  telefon raqami; 
  •  elektron poçta manzili; 
  •  murojaat matni; 
  •  IP-manzil; 
  •  texnik va statistik ma’lumotlar. 

5.3.

Şaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta işlanadi:

  •  murojaatlarni körib çiqiş; 
  •  foydalanuvçi bilan boğlaniş; 
  •  elektron xizmatlar körsatiş; 
  •  statistik tahlillar ötkaziş; 
  •  axborot xavfsizligini ta’minlaş. 

5.4.

Kengaş foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini uçinçi şaxslarga bermaydi, qonunçilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5.5.

Kengaş şaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va himoyalanganligini ta’minlaş uçun zarur taşkiliy hamda texnik çoralarni köradi.

6. JAVOBGARLIKNI ÇEKLAŞ

6.1.

Kengaş Veb-saytda joylaştirilgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaş uçun zarur çoralarni köradi.

6.2.

Şu bilan birga, Kengaş quyidagilar uçun javobgar hisoblanmaydi:

  •  uçinçi şaxslar tomonidan joylaştirilgan ma’lumotlar; 
  •  internet tarmoğidagi uzilişlar; 
  •  texnik nosozliklar; 
  •  foydalanuvçi qurilmalaridagi dasturiy yoki texnik muammolar; 
  •  uçinçi tomon axborot resurslari faoliyati. 

6.3.

Veb-saytda uçinçi tomon resurslariga havolalar joylaştirilgan bölişi mumkin. Mazkur resurslardagi ma’lumotlarning mazmuni va işonçliligi uçun Kengaş javobgar emas.

7. YAKUNIY QOIDALAR

7.1.

Mazkur Şartlar Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.

7.2.

Mazkur Şartlarni qöllaş bilan boğliq nizolar Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda hal etiladi.

7.3.

Veb-saytdan foydalaniş foydalanuvçining mazkur Şartlar bilan tanişgani va ularga töliq rozilik bildirganini anglatadi.

7.4.

Mazkur Şartlarning amaldagi tahriri doimiy ravişda Veb-saytda e’lon qilib boriladi.