Sayt test rejimida işlamoqda

Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar kiritildi
1 / 2

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar kiritildi

“Telegram” ijtimoiy tarmoğidagi “XALQ NAZORATI” blogida 2026 yil 24 may kuni daho ijodkor, maşhur ingliz şoiri va dramaturgi Uilyam Şekspirning 11 ta dohiyona hikmatlari keltirib ötilgan.Ulardan biri uşbu Rasmiy munosabatimizga sarlavha sifatida tanlandi: “Yozişdan oldin öylang!”Oradan atigi bir kun ötib, 25 may kuni “xalq nazorat”çilari daho şoirning hikmatiga quloq solmasdan, Sudyalar oliy kengaşi raisiga toğam deb murojaat qilib, “şu sudyalarni siz tayinlagansiz-a?” qabilida savol qöymoqda!Savolning bunday qöyilişi notöğri: sudyani faqatgina Kengaş raisining bir özi tayinlamaydi. Sudyalar oliy kengaşi kollegial organ bölib, uning doimiy asosda faoliyat yuritadigan 13 ta, jamoatçilik asosida 7 ta aʼzosi bor. Sudyalik lavozimlariga tayinlaş Kengaş aʼzolarining köpçilik ovozi bilan hal etiladi.Uşbu postdagi iddaoga köra, sudya xato qilganligi uçun u aybdor emas, uni lavozimga tayinlagan Kengaş aybdor. (Göyoki jinoyatçi emas, uning qilmişi uçun otasi aybdor, agar u şu jinoyat sodir etgan şaxsning dunyoga kelişiga sababçi bölmaganida edi, uşbu jinoyat sodir etilmagan bölar edi, deganga öxşaş mantiqan notöğri tuşunça.)Kimki, sud karoridan norozi bölsa, marhamat yuqori sud instansiyasiga murojaat qilişi mumkin.Işdagi norozi taraf arizasigina işni körib çiqiş uçun asos böladi. Protsessual kodeksda “ijtimoiy tarmoq orqali berilgan maqola işni köriş uçun asos bölişi” belgilanmagan.Agarda sud qaysidir iş böyiça amaldagi protsessual tartibga rioya etmasdan şikoyatni iş yurituviga qabul qilgan bölsa, bunga ham faqat va faqat yuqori turuvçi sud baho beradi. Sud tomonidan qonun notöğri qöllanilgani aniqlansa, yuqori sud instansiyasi munosabat bildiradi...Hurmatli, "XALQ NAZORATI" blogi vakili, yozişdan oldin öylang!